Akademiya o‘qituvchisi xalqaro forumda ma’ruza qildi
Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Diniy xilma-xillik va bag‘rikenglik bo‘yicha mintaqalararo mediaforum” o‘tkazildi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Mohira Abdullayeva ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Mazkur forum Tojikiston va O‘zbekiston jurnalistlari va media ekspertlariga dinlararo muloqot va diniy bag‘rikenglik mavzularini ommaviy axborot vositalarida xolis, oqilona va obyektiv yoritishlari maqsadida tashkil etildi.
Forum doirasida ikki davlat jurnalistlari, media ekspertlari va dinshunos, huquqshunos olimlarining bag‘rikenglik mavzusini yoritishda jurnalistlar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan, e’tiqodga chaqiruvchi, turli tajovuz va nizolarni keltirib chiqaruvchi hamda har bir shaxs erkinliklarini chegaralovchi jihatlariga e’tiborli bo‘lish haqida mutaxassislik ma’lumotlari berildi.
Akademiya vakili o‘z ma’ruzasida jurnalistlar ma’lumot tayyorlayotganda his-tuyg‘uga berilmaslik, xolis bo‘lish hamda dinga e’tiqod qiluvchilarning tuyg‘ularini kamsitmasliklarini qayd etdi. Diniy mazmundagi materiallarni soha mutaxassislari bilan muloqot olib borib, ularning tavsiyalariga muvofiq tayyorlashlari kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish