304

Anqarada “O‘zbekiston islom tamadduni markazi” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi

Anqaradagi Strategik tadqiqotlar institutida “O‘zbekiston islom tamadduni markazi” nomli anjuman tashkil etildi.

Unda Turkiyadagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar, soha mutaxassislari qatnashdi. Jumladan, Turkiyada ilmiy safarda bo‘lib turgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mazkur tadbirda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Anjumanda so‘z olgan turkiyalik olimlar O‘zbekiston zamini dunyo tamadduni va islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozonganini bildirishdi. Ajdodlar bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirib borayotgani e’tirof etildi.

Akademiya vakillarining chiqishlari turk jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Anjuman tafsilotlari Turkiyaning “TRT Avaz” telekanali orqali yoritildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish