360

Akademiya o‘qituvchilariga sertifikat topshirildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Istanbul universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga asosan, Akademiya professor-o‘qituvchilarining Istanbul universitetida almashinuv dasturi doirasida ma’ruza darslari tashkil etilayotgan edi.

Kuni kecha Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti dekani professor Ramazan Muslu tomonidan amalga oshirilgan ma’ruza darslari uchun Akademiya “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri, professor O.Astanakulov, dotsent G.Gulyamova, katta o‘qituvchilar (PhD) N.Batirova va O.Jiyanov hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Xudayberganova va Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi D.Mavlonovaga sertifikatlar taqdim etildi.

Professor Ramazan Muslu Akademiya bilan muntazam hamkorlik aloqalarini o‘zaro almashinuv dasturlari  doirasida uzluksiz ravishda davom ettirish, ikki ta’lim muassasi uchun manfaatli bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan holda yaqin kunlarda ERASMUS+ dasturining KA107 loyihasi yuzasida ish olib borilayotgani va tez kunlarda kelishuvga erishish maqsadida shartnoma loyihasi akademiyaga taqdim etilishini aytdi.

Akademiya vakillarining Istanbul universitetiga ma’ruza o‘qish va o‘zaro malaka almashish maqsadida amalga oshirgan safari yakuniga yetdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish