Akademiya rektori xalqaro sammitda ishtirok etdi
Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Bolgar islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining diniy merosi” nomli IV xalqaro forum 15-21-may kunlari o‘tkazildi.
Mazkur forum doirasida “Zamonaviy dunyoda islom ta’limi: chaqiriqlar, yo‘nalishlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro sammit tashkil etildi.
Xalqaro sammitda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov qutlov nutqi bilan ishtirok etdi. Unda ushbu nufuzli sammit tashkilotchilariga minnatdorchilik izhor etilib, ta’lim sohasidagi yetuk mutaxassislarni bir joyga to‘plab, ularning o‘zaro fikr, tajriba almashishlariga imkoniyat yaratilgani alohida ta’kidlandi.
Shunindek, bugungi kunda islomshunoslikka oid qadimiy manbalarni asrash, tadqiq etish hamda ularning zamonaviy sharhlarini yaratish har qachongidan dolzarbroq masala ekanligi qayd etildi.
Nutq so‘nggida Akademiya rektori xalqaro sammit ishiga muvaffaqiyat tilab, mazkur nufuzli tadbir ishtirokchilarini yana bir bor samimiy qutladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish