278

Akademiya vakillari Istanbul universitetida talabalarga ma’ruza qildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Istanbul universitetida amaliy safar bilan bo‘lib turibdi. Akademiya professor-o‘qituvchilarining dunyo reytingida yuqori 1000 talikka kiruvchi nufuzli Istanbul universiteti talabalariga ma’ruza darslari tashkil etildi.

Akademiya Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi Durdona Mavlonova universitetning Ilohiyot fakulteti talabalariga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida taqdimot qildi.

Mazkur mavzu talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimot so‘nggida ma’ruzachi talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.  

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish