235

Nufuzli mukofotlarga tanlov e’lon qilindi

E’LON

“Rossiya – Islom dunyosi” Strategik qarashlar guruhi tomonidan mazkur guruhning asoschisi Y.M.Primakov nomidagi xalqaro mukofot va Strategik qarashlar guruhining hozirgi raisi R.N.Minnixanov mukofotlariga tanlov e’lon qilindi.

Mazkur mukofot mamlakatlarning, Rossiya, shu jumladan, islom dunyosi bilan o‘zaro hamkorlik va o‘zaro anglashuv jarayonlariga hissa qo‘shishga qaratilgan ijodiy yoki ilmiy ommabop asarlar uchun taqdim etiladi.

Tanlovda taqdim etiladigan materiallar rus tilida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi va xorijiy mamlakatlarda e’lon qilingan bo‘lishi zarur.

Muddat – 2022-yil 1-noyabr. 

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

 

 

 

 

Izoh qoldirish