322

Akademiya vakillarining Ozarbayjon ilohiyot institutida seminar darslari tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abdullajonov O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar va bunda Akademiyaning tutgan o‘rni mavzusida Ozarbayjon ilohiyot instituti jamoasiga taqdimot o‘tkazdi. Shu bilan birga, “O‘zbekiston-buyuk allomalar yurti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, Akademiya o‘qituvchisi N.Batirova institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Islom banklarida Murobaha instrumentidan foydalanish samarasi va uni an’anaviy banklarda tadbiqi” mavzusida ma’ruza qildi. 

Ma’ruza darsi institut o‘qituvchi va talabalari tomonidan katta qiziqish va savol javoblarga boy bo‘ldi. O‘qituvchi-professorlar tomonidan institut ta’lim jarayoniga Islom iqtisodiyoti va moliyasi yo‘nalishi kiritilishi va bunda akademiyaning Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizimi kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qilish katta natijalar berishiga umid bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

 

Izoh qoldirish