269

Akademiya delegatsiyasi vakillari Ozarbayjon ilohiyot instituti rektori bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh talaba-yoshlari, o‘qituvchi hamda xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun tashrifning ikkinchi kuni Akademiya delegatsiyasi vakillari Ozarbayjon ilohiyot instituti rektori Agil Shirinov bilan uchrashdi. 

Agil Shirinov barchani muborak Ramazon oyi bilan tabriklab, Ozarbayjon Ilohiyot Institutini tashkil qilinishi, faoliyati, vazifalari, xorijiy hamkorligi faoliyati bo‘yicha batafsil ma'lumot berib o‘tdi. O‘zbekiston va Ozarbayjon mamlakatlarining tarixi, tili, an'analari o‘xshashligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Bakuning diqqatga sazovor joylari haqida qisqa ma'lumot berdi. 

Akademiya tomonidan delegatsiya rahbari N.Abdullajonov rektorni Muborak ramazon oyi bilan tabriklab, unga Akademiya rektorining samimiy tilaklarini yetkazdi. Shuningdek, iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi . 

Shundang so‘ng, institut rektori akademiya talabalari bilan yaqindan tanishdi, ular bilan ochiq suhbat o‘tkazdi va boshlanadigan darslarda omad tiladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish