292

Akademiyaning ikki nafar talabasi O‘mon Sultonligining taʼlim grantini qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘mon Sultonligining taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Mazkur hamkorlik doirasida talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Akademiyaning 4 nafar iqtidorli talabasi Sulton Qobus institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslarida grant asosida tahsil olib qaytishgan edi. 

Kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yana ikki nafar talabasi Sultonlikdagi Malaka oshirish institutida arab tili bo‘yicha o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 

Akademiyaning Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Jahongir Qosimov hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Otabek Mamadaliyev to‘rt oy davomida bo‘lib o‘tadigan arab tili o‘quv kurslarida qatnashadi.

Talabalarimiz O‘mon Sultonligiga yetib borib, u yerda O‘zbekistonning Sultonlikdagi elchixonasi vakillari hamda institut mutasaddilari bilan uchrashishdi. Talabalarimizga taʼlim muassasasi tanishtirildi. Shundan so‘ng o‘quv jarayonlari boshlandi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish