349

Akademiya o‘qituvchilariga Britaniya Kengashi tomonidan sertifikat topshirildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda Going Global Partnership (Oliy ta’limda islohotlar) dasturi doirasida Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan dastur doirasida hamkorlik qilmoqda. 

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan mazkur loyiha doirasidagi “Change Academy” dasturida 2021/2022-o‘quv yili davomida yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida onlayn seminar-treninglar tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, “Change Academy” dasturi maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, mazkur seminar-treninglarda muvaffaqiyatli qatnashgan Akademiya o‘qituvchilari hamda Akademiya rahbariyatiga Britaniya Kengashi tomonidan sertifikat topshirildi.

         O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish