317

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Ayni paytda Malayziyaning Putrajaya shahrida O‘zbekiston – Malayziya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish doirasida Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Malayziya Milliy universiteti raisi Mohamad Abd Razak, Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti bosh direktori Fariza Sham, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov, elchixona vakillari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Malayziya Milliy universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatga muvofiq, yoshlarga iqtisod, psixologiya, ta’lim, IT kabi yo‘nalishlarda saboq berish yangi bosqichga ko‘tariladi. Ularni ilm-ma’rifatli etib tarbiyalashga yanada hissa qo‘shishini ta’kidlashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur hamkorlik aloqalari ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyati rivojiga hissa qo‘shishini ta’kidlab, hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish