318

Akademiya o‘qituvchilari xalqaro anjumanda ishtirok etdi

Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “TESOL Arabia-2022” (“Xorijiy tillarni o‘qitishda uning mohiyatini va ko‘p tillilikni shakllantirish”) mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Chet tillari” kafedrasi o‘qituvchilari Feruza Xodjakulova hamda Shahnoza Akbarovalar yurtimiz vakili sifatida o‘z ma’ruzalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

“TESOL Arabia-2022” xalqaro konferensiyasi bu ingliz tili o‘qituvchilarining yuqori samarali kasbiy rivojlanishini va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan xalqaro tashkilot hisoblanadi. 

25 yildan ziyod vaqtdan beri TESOL Arabia har yili o‘tkaziladigan Xalqaro konferensiya, mahalliy va mintaqaviy tadbirlar, grantlar, stipendiyalar va nashrlar orqali ingliz tili mutaxassislari va o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlashga ega. TESOL butun dunyo bo‘ylab ajoyib o‘sish va tadqiqot sohasi hisoblanadi. 

Ushbu nufuzli konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Chet tillari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruza Xodjakulova va Shahnoza Akbarovalar ingliz tilini o‘rgatishda yangicha g‘oyalari bilan qatnashib, konferensiya qatnashchilariga ma’ruza qildilar. Akademiya o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Konferensiya davomida yalpi majlis, muhokama shoʻbalari, taqdimot soatlari, ta’limda yangicha yondashuv va metodlar bo‘yicha ma’ruzalarda vakillarimiz ishtirok etishdi. Turli mavzularni qamrab olgan ma’ruzalari ishtirokchilarning dunyoqarashini kengaytirishga va yangicha metodlarni o‘rganish imkonini berdi. Shuningdek, boshqa davlat universitet professor-o‘qituvchilari bilan ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda yangicha g’oyalar almashinuviga va shu bilan birga kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga erishildi. 

Konferensiyada shuningdek, nufuzli ta’lim nashriyot va tashkilotlar tomonidan ko‘rgazmalar tashkillashtirilib, unda har bir nashriyot o‘zining oxirgi nashrlari va uni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha bir qancha tavsiyalar berib o‘tdi.

Dubay shahrida ochilgan Dubay EXPO 2020 ko‘rgazmasiga ham anjuman qatnashchilari taklif etildi. Ushbu ko‘rgazma butun dunyo ko‘rgazmasi bo‘lib, unda 190dan ortiq davlatlar o‘z madaniyati, dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, ishlab chiqarishi, turizm va ta’limi borasidagi ma’lumotlarni tadbir ishtirokchilariga namoyish etishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish