113

Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumda Markaz jamoasi ishtirok etdi

Turkiya Respublikasi Saljuq universiteti Islom ilmlari fakultetida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘sh davlat universiteti hamda Turkiya Respublikasi Diyonat ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mohiyat va haqiqat kontekstida vahiy fenomeni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy simpozium o‘tkazildi.

2022-yil 17-mart kuni mazkur simpoziumning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Saljuq universiteti Islom ilmlari fakulteti dekani professor, doktor Ramazon Oltintosh, O‘sh davlat universiteti Ilohiyot fakulteti dekani PhD Zaylobidin Ajimamatov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori (PhD) Jamolitdin Karimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Simpozium yalpi majlisi davomida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i PhD Abdullatif Alloqulov hamda katta ilmiy xodim Ahmadxon Alimovlar Saljuq universiteti prorektori professor, doktor Ahmet Tug‘rul Po‘latga Markaz nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdilar. 

Simpozium ishi sho‘balarga bo‘lingan holda 17-18-mart kunlari o‘tkazildi.   

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish

Izohlar