Akademiya professori xalqaro ilmiy seminarda qatnashdi
Kuni kecha I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Oflayn va onlayn formatda tashkil etilgan anjuman O‘zbekistonnning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy ta’lim muassasalarining ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitadigan kafedralar bilan imzolangan hamkorlik memorandumlari va belgilangan istiqbolli rejalar asosida tajriba almashish doirasida o‘tkazildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Saidakbar Agzamxodjayev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Akademiya o‘qituvchisi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati va unda o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyatiga to‘xtaldi. Jumladan, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar”, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA”, “Dinshunoslik va jahon dinlarini o‘rganish UNESCO” kafedralari o‘qitadigan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Xalqaro munosabatlar”, “Madaniyatshunoslik”, “Dinshunoslik”, “Jahon dinlari tarixi”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi”, “Tarbiya” va boshqa ijtimoiy fanlardan dars o‘tish jarayoni va metodikasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqilgani va bu, avvalo, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va ma’rifiy yuksalishiga erishish imkonini berishi haqida so‘z yuritdi.
Saidakbar Agzamxodjayev yoshlarni tarbiyalash, faol fuqarolik mavqeini shakllantirish, yangi O‘zbekistonda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ishtirok etishda umuminsoniy, milliy va diniy qadriyatlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar fanlardan dars berish jarayonida yoshlarni tarbiyasida millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik masalasiga katta e’tibor qaratish zarurligini qayd etdi.
Xalqaro ilmiy seminar yakunida ishtirokchilar bu kabi anjumanlarni muntazam o‘tkazish har tomonlama foydali bo‘lishini ta’kidlashdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish