142

Akademiya talabalari O‘mon Sultonligining Sulton Qobus institutida tahsilni davom ettirmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4 nafar iqtidorli talabasi O‘mon Sultonligining Sulton Qobus institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslarida grant asosida tahsil olishmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijning ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari natijasida Akademiya hamda xorij ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar, yosh ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish muntazamlik kasb etgan. 

Jumladan, Akademiyaning tirishqoq va iste’dodli talabalari Asad Azamov, Abdulloh Baxtiyorov, Otabek Ikrombekov, Saidsulton Saidov oliy ta’lim muassasasida “Zamonaviy arab tili xususiyatlari”, “Arab tili grammatikasi”, “Mumtoz sharq adabiyoti” kabi fanlar asosida o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, talabalarning Sulton Qobus institutidagi grant dasturlari joriy yilning 23-yanvardan 17-martga qadar davom etadi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish

Izohlar