337

Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar:

– Rektorlar delegatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdik. Delegatsiya tarkibidagi Turkiya universitetlari rektorlari bo‘lish bilan birga o‘z sohasining malakali mutaxassislari ham sanaladi. Turkiya oliy ta’lim muassasalaridagi Ilohiyot fakultetlari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishining tarafdori ekanimizni ta’kidlamoqchiman. Delegatsiya a’zolari Akademiya mutasaddilari bilan talabalar almashinuvi, xalqaro konferensiyalar har ikki xalqning mushtarak tarixini qaytadan jonlantirishga, faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Ishonamanki, yaqin kunlarda mazkur uchrashuvning amaliy natijalariga guvoh bo‘lamiz. Bu kabi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasida tobora yuksalib borayotgan hamkorlik aloqalarining bir qismi bo‘ladi deb umid qilaman.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish