319

Istanbul universiteti rektori Maxmut Ak:

– O‘zbekistonga tashrif buyurish bizlarga hamisha g‘urur va hayajon bag‘ishlaydi. O‘ylaymanki, O‘zbekiston va Turkiya kelajakda ko‘plab ishlarni amalga oshira oladi. Buyuk alloma Imom Moturidiy mana shu zamindan yetishib chiqqan. Albatta, Movarounnahrda tug‘ilib, kamol topgan olimlarni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband kabi allomalarning ham ushbu zaminda voyaga yetganini bilamiz. Darhaqiqat, biz yurtingizga kelib, ham tarix, ham bugun va kelajakni ko‘rgandek bo‘ldik.

Men rahbarlik qiladigan Istanbul universiteti O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan ko‘plab hamkorliklarni amalga oshirib kelmoqda. Bir qator kelishuv shartnomalarini ham imzolaganmiz. Bugungi kungacha hamkorlik dasturlari bo‘yicha ishlamoqdamiz. Endi ularni yanada rivojlantirishni maqsad qildik. Ilmiy kadrlar almashinuvi, hamkorlikdagi nashrlar chop etilishini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma dasturlar amalga oshirilishi o‘rtamizdagi do‘stlik munosabatini yanada rivojlantiradi deb o‘ylayman. Universitetimizda Akademiyaning “Manbalar xazinasi” bo‘limiga o‘xshash qo‘lyozma kitoblar saqlanadigan markazi mavjud. Ularning har birini o‘rganish, tadqiq etish mamlakatlarimiz ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish