411

Bursa-Uludag‘ universiteti rektori Ahmet Saim Kilavuz:

– O‘zbekistonlik allomalardan Abu Salama Samarqandiyning “Jumal usul ad-din” kitobining tanqidiy tahririni turkcha tarjimasini amalga oshirganman. Yuz sahifadan ortiq bo‘lgan mazkur asar ikki marotaba nashr qilindi. Bu asarning o‘ziga xos jihati shundaki, muallif Imom Moturidiyga nabira-shogird bo‘ladi. Abu Salama Samarqandiy hijriy IV-V asrlarda yashab o‘tgan. Lekin aniq vafot sanasi ma’lum emas. U Imom Moturidiyning talabasining talabasi ekanini bilamiz. Shu sababdan uning kitobini “Kitob ut-tavhid” asarining muxtasari deyishimiz mumkin. Asar 16 varaqdan iborat bo‘lib, uning dunyoda yagona qo‘lyozma nusxasi mavjud. Qo‘lyozma Istanbuldagi Shahid Ali Poshsho kutubxonasida saqlanadi. Uning yozuvi hijriy VIII asrga oid yozuv hisoblanadi. Mazkur kitobni nashr qildik. Nasib etsa, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga mazkur nashrlarni sovg‘a tariqasida yuborishni reja qildik.

Bursa va O‘zbekiston, Bursa va Samarqand-Buxoro o‘rtasida bog‘liq nuqtalar mavjud. O‘tmishda ham, bugungi kunda ham mazkur aloqalar davom etib kelgan. Bu borada muhtaram professor-ustozlarimizdan biri “Buxoro. Bursa. Bosniya” nomli kitobi ham chop etilgan. Barchamizga ma’lumki, Buxoro bizning madaniyatimiz shakllangan shahar hisoblanadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, umuman O‘zbekiston madaniyatimizning ilk o‘chog‘i hisoblanadi.

Shu sababdan ham Bursa va Movarounnahr o‘rtasida qalban yaqinlik, tarixiy va madaniy bog‘liqlik mavjud. Bugun esa biz qadimdan mavjud bo‘lgan ushbu aloqalarni yanada rivojlantirishimiz kerak. Albatta, bu vazifalarni bajarishga har doim tayyormiz.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish