346

Akademiya talabalari O‘mon Sultonligining grantiga sazovor bo‘ldi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqaro darajadagi kadrlarni tayyorlashda asriy an’analar bilan zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish, talabalarni o‘z sohasining malakali mutaxassisi sifatida tarbiyalashga alohida e’tibor berilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijning ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Shu bois, Akademiya hamda xorij ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar, yosh ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish muntazamlik kasb etgan. 

Ana shunday hamkorlik natijalari tufayli O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4 nafar iqtidorli talabasi O‘mon Sultonligining Sulton Qobus institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslariga grant asosida qabul qilindi.

Akademiyaning tirishqoq va iste’dodli talabalari Asad Azamov, Abdulloh Baxtiyorov, Otabek Ikrombekov, Saidsulton Saidov joriy yilning 23-yanvardan 17-martgacha davom etadigan arab tili darslarida ishtirok etadi. Ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirib, mumtoz va zamonaviy arab tilidan saboq olishadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarning mazkur safarlariga omad va muvaffaqiyat tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish