Anqara universiteti doktoranti Akademiyada ilmiy-tadqiqot olib boradi
Anqara universiteti ilohiyot fakulteti doktoranti va tadqiqotchisi Mine Demirbilek O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Mine Demirbilekni Toshkent xalqaro aeroportidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dosenti Saidmuxtor Oqilov va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammadziyo Shavkatbekov kutib oldi.
Qayd etish joizki, Mine Demirbilek olti oy davomida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Hijriy IV-V asrlarda Movarounnahr mintaqasi hanafiylari o‘rtasidagi farqlar” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borishi ko‘zda tutilgan.
Tadqiqotchiga Akademiyaning Talabalar turar joyidan xona ajratildi. Mazkar tomonidan xorijlik olimga samarali faoliyat olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish