Akademiya rektori xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Turkiya Malatya hokimligi va Inonu universiteti tomonidan Abduxoliq G‘ijduvoniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda yurtimizdan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ishtirok etib, “Buxoro tarixida Yetti Pir ta’limotining o‘rni” mavzusida nutq so‘zladi.
Akademiya rektori o‘z nutqida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar merosini o‘rganish, tadqiq qilish orqali nodir merosni keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarga katta ahamiyat qaratilayotganligini ta’kidladi.
Bu borada ulug‘ ajdodlarimiz nomlari bilan ataluvchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilgani, ta’lim muassasalarida chuqurlashtirilib o‘tilayotgan fanlarda aynan shu jihatlarga ahamiyat berilayotganini bildirdi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va uning huzuridagi tashkilotlarda ham soha rivoji hamda taraqqiyoti yo‘lida samarali ishlar amalga oshirilib kelinayotgani haqida ma’lumot berildi. Ilm-fanning zamonaviy yo‘nalishlarida ham ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilayotgani alohida e’tirof etildi.
Bundan tashqari, ma’ruzada yoshlarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishiga va buning natijasida buyuk allomalarimizning qadim noyob kitoblarini tadqiq etishida muhim ahamiyat kasb etayotgani aytildi.
Akademiya rektori o‘z nutqida bugungi kunda respublikamizda islom dinini ilmiy asosda o‘rganish maqsadida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi kabi o‘nlab ilmiy-ma’rifiy muassasalar tashkil topgan bo‘lib, soha rivojida xorijning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari, ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalari muntazamlik kasb etganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori nutqi yakunida konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. Muzaffar Komilovning nutqida ta’kidlangan yurtimizdagi keng miqyosdagi islohotlar konferensiya ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish