O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining moliya-iqtisod yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari
#SARHISOB-2021
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining byudjet va byudjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha 2021-yildagi xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanib, xarajatlar smetasiga ko‘ra, byudjet mablag‘lari 44 483,9 mln.so‘m, shu jumladan:
-34745,9 mln.so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun I-guruh xarajatlariga;
-7191,9 mln.so‘m ish beruvchi ajratmalariga to‘lovlar uchun II-guruh xarajatlariga;
-2546,1 mln.so‘m boshqa xarajatlar to‘lovlari uchun IV-guruh xarajatlariga rejalashtirilgan.
Byudjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari 24 623,8 mln.so‘m,
shu jumladan:
-15787,3 mln.so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun I-guruh xarajatlariga;
-3744,5 mln.so‘m ish beruvchi ajratmalariga to‘lovlar uchun II-guruh xarajatlariga;
-5092,0 mln.so‘m boshqa xarajatlar to‘lovlari uchun IV-guruh xarajatlariga rejalashtirilgan.
Moliyalashtirilgan mablag‘lardan quyidagicha kassa xarajatlari amalga oshirilgan:
byudjet mablag‘laridan -36 804,7 mln.so‘m, shu jumladan:
-29100,2 mln.so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun I-guruh xarajatlariga;
-5954,4 mln.so‘m ish beruvchi ajratmalariga to‘lovlar uchun II-guruh xarajatlariga;
-1750,1 mln.so‘m boshqa xarajatlar to‘lovlari uchun IV-guruh xarajatlariga rejalashtirilgan.
Byudjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘laridan-16 258,4 mln.so‘m,
shu jumladan:
-13621,4 mln.so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun I-guruh xarajatlariga;
-2595,5 mln.so‘m ish beruvchi ajratmalariga to‘lovlar uchun II-guruh xarajatlariga;
-41,5 mln.so‘m boshqa xarajatlar to‘lovlari uchun IV-guruh xarajatlariga rejalashtirilgan.
Akademiya balansida bo‘lgan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 14-uy manzilida joylashgan yotoqxona binosini kapital ta’mirlash maqsadida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 4 246,4 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, pudratchi Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi “Bunyodkor qalqon qurilish” davlat unitar korxonasi tomonidan kapital ta’mirlash ishlari olib borildi va hozirgi kunda bajarilgan ishlarni qabul qilish hamda tegishli xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari bilan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari davom etayotganligi sababli garov summasi sifatidagi 5 foiz mablag‘ ya’ni 395,9 mln. so‘m Akademiyaning shaxsiy g‘azna hisob varag‘ida turibdi. Ushbu mablag‘lardan 01.12.2021 yil holatida 3850,5 mln.so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.
Akademiyaning yer osti issiqlik tizimi trassasidagi asosiy quvurlarning ko‘p yillar foydalanish natijasida jismonan hamda ma’nan eskirganligi va bugungi kun holatiga yaroqsiz holga kelganligi sababli joriy ta’mirlash maqsadida elektron tanlov natijalariga asosan g‘olib deb topilgan "FUTURE INVEST GROUP"МЧЖ bilan 949,4 mln. so‘mlik shartnoma imzolanib, 01.12.2021 yil holatida ushbu shartnoma bo‘yicha 687,7 mln.so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.
Talabalar yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 11-uy manzilida joylashgan talabalar turar joyida byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy ta’mirlash hamda jihozlash ishlari quyidagicha xarajatlar amalga oshirildi:
- qurilish materiallarini xarid qilish uchun-762,4 mln. so‘m;
- qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borgan ishchilarga ish haqi va ajratmalar uchun-310,8 mln. so‘m;
- jihozlar xarid qilish uchun-1446,2 mln. so‘m.
Akademiya moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va Axborot-kutubxona markazi fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish maqsadida umumiy summasi 318,3 mln.so‘m bo‘lgan 7138 dona turli nomlanishdagi adabiyotlar, umumiy summasi 1047,8 mln.so‘m bo‘lgan 71 dona kompyuter, nusxa chiqarish apparati va orgtexnika jihozlari hamda umumiy summasi 61,5 mln.so‘m bo‘lgan mebel jihozlari xarid qilindi.
Shuningdek, talabalar turar joyida homiylar tomonidan har bir xona va foyelar uchun 127,0 mln.so‘mlik gilam hamda umumiy summasi 34,0 mln.so‘m bo‘lgan 8 ta to‘plam oshxona jihozlari beg‘araz topshirildi.
Akademiya moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida aksiyadorlik tijorat Xalq banki ta’sischisi bo‘lgan “OMAD LOTTO” tashkiloti tomonidan 2021-yil noyabr oyida 100,0 mln.so‘m homiylik yordami jalb etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarining ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 8 ta shtat birligidagi “Tyutor” lavozimi tashkil etildi va ularning oylik maoshlari “O‘qituvchi-stajyor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-sonli qaroriga muvofiq yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan 79 nafar (oktabr oyiga-39 nafar, noyabr oyiga-40 nafar) talabalarga Toshkent shahri uchun belgilangan-bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi ijara to‘lovi bo‘yicha 21,3 mln. so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan olindi hamda talabalarga ijara to‘lovlari uchun to‘lab berildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yunusobod tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 14-uy manzilida joylashgan yotoqxona binosi hududiga homiylar mablag‘lari hisobidan 70 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
Ta’lim muassasasining hududiga kirib chiqish hafta kunlari davomida doimiy ravishda nazoratga olinib, asosiy kirish yo‘lagida zamonaviy turniketlar o‘rnatildi va tashrif buyuruvchilar kirib-chiqishlari uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Akademiya faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchi hamda ishchi-xodimlariga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar va talabalar stipendiyalari o‘z vaqtida to‘lab kelinmoqda.
Akademiya professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ishchi-xodimlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida hududdagi barcha binolarda Fitobarlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 7-iyuldagi 458-k-son va 29-iyuldagi 599-k-sonli buyruqlariga asosan Davlat moliyaviy nazorati Departamenti tomonidan Akademiyaning 2018-yil 1-oktabrdan 2021-yil 1-iyulgacha bo‘lgan davrdagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan 2021-yil 7-iyuldan 5-avgustga qadar moliyaviy nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Takliflar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 22-iyundagi 466-son qarorlariga muvofiq Akademiya bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirilishi uchun 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturining Manzilli ro‘yxatiga kiritish;
Akademiyada talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligini inobatga olgan holda Toshkent shahri hududidan talabalar turar joyini qurish uchun yer maydonini ajratish;
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimboyliq qishloq hududida joylashgan Akademiya balansida bo‘lgan Oromgohni saqlab qolish va dam olish maskanida “Xalqaro yoshlar muloqot markazi”ni tashkil etish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Salim DUSANOV,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori
Izoh qoldirish