421

Malaka oshirish markazi faoliyati tahlil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Markaz Ilmiy kengashining 5-son Majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori Davronbek Maxsudov, Markaz direktori, Kengash raisi Xusniddin Axmedov, Markaz direktorining o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Bilol Isomiddinov, filial direktorlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va boshqa a’zolar ishtirok etishdi.

Tadbirni Kengash raisi Xusniddin Axmedov ochib berdi. Rais o‘z nutqida Akademiya rahbariyatida bo‘lgan o‘zgarishlar, xususan, Akademiya birinchi prorektorligiga tayinlangan Davronbek Maxsudovni Kengash a’zolariga tanishtirib o‘tdi. 

Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ullar Kengashga hisobot berishdi. Majlis yakunida Akademiya birinchi prorektori Malaka oshirish markazining istiqbolga mo‘ljallangan 13 ta taklifni ilgari surdi. Kengash majlisi yuqori saviyada tashkil etildi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish