665

Nashriyot-matbaa birlashmasi

“O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi

“Toshkent islom universiteti” nashriyoti 2000-yilda tashkil etilgan. 2003-yildan e’tiboran u “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasiga aylantirilgan. 2006-yilda uning qoshida bosmaxona ishga tushirilgan. 
2018-yili “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasiga o‘zgartirilgan. Hozirgi kunda nashriyot-matbaa birlashmasida ilmiy, o‘quv, darslik, diniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar nashrga tayyorlanib, chop etilmoqda.
“O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasida Akademiya olimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilarning ilmiy ishlari to‘plamlari, qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom fiqhi (huquqi) va aqoid (kalom) nazariyasi kabi islomshunoslikka oid diniy, falsafiy hamda tarixiy mavzulardagi asarlar, shuningdek, tarjima qilingan asarlar ham nashr etilgan.
Jumladan, A.Mansurov tomonidan arab va o‘zbek tillarida tayyorlangan “Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri”, “Islom ziyosi – o‘zbegim siymosida” kitobi, A.Jo‘zjoniyning “Marg‘inoniy va uning izdoshlari”, “Islom huquqshunosligi. Hanafiy mazhabi O‘rta Osiyo faqihlari” asarlari, Z.Islomovning “Muqaddamat ul-adab” (manbashunoslik tahlili), “Muqaddamat 
ul-adab” matni (Mahmud Zamaxshariy asari) kabi ilmiy risola va adabiyotlar 
nashr qilingan.
Qolaversa, professor U.Uvatovning tarjimasi asosida Abdusalom al-Muborakfuriyning “Imom Buxoriy” 
asari chop etilgan.
“O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi moddiy-texnik bazasi, ishlab chiqarish resursi bo‘yicha respublikamizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalari nashriyotlari oldidagi eng katta va yetakchi nashriyot hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish