O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi
Malaka oshirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 25-son Qaroriga asosan tashkil etilgan.
Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 25-son Qarori asosida olib boradi.
Markazning asosiy vazifalari:
Diniy soha xodimlarini islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik hamda fiqh va kalom ilmi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida dinning asl ta’limoti, ezgulik g‘oyalari, o‘zaro hurmat, tinchliksevarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etish hamda ular asosida yoshlarni tarbiyalash, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida targ‘ibot ishlariga mas’ul kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Davlat va jamiyat barqarorligi, umumjahon xavfsizligiga tahdid solayotgan yot g‘oyalar, din niqobi ostiga yashiringan unsurlarning asl maqsadlarini fosh etuvchi, ularga qarshi ma’rifat bilan kurashish g‘oyasining asl mohiyatini ko‘rsatish, chuqur ilmiy asoslarga tayangan targ‘ibot ishlarini olib boruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish;
Respublikada diniy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha doimiy ish olib borish;
Ilmiy asoslangan, islom dinining asl ta’limotini o‘zida mujassam etgan bilimlarni qamrab olgan o‘quv reja, o‘quv dastur, o‘quv qo‘llanmalari hamda taqdimot materiallarini ishlab chiqish;
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida ta’lim berish uchun malakali professor-o‘qituvchilar, sohaning taniqli mutaxassislarini jalb etishdan iborat.
Markazning quyidagi mintaqaviy filiallari mavjud:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali;
Samarqand viloyati mintaqaviy filiali;
Namangan viloyati mintaqaviy filiali;
Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali.
O‘quv-uslubiy ishlar:
Mazkur Farmon va Qarorga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida diniy soha xodimlarini islom tarixi va manbashunosligi, qur’onshunoslik va hadisshunoslik hamda fiqh va kalom ilmi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda. Jumladan,
- Imom-xatib va noib imomlar (144 soat);
- Viloyat, shahar va tuman bosh imom-xatiblari (144 soat);
- O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman yo’nalishida /shahar bosh mutaxassislari (144 soat);
- O‘zbekiston musulmonlari idorasi markaziy apparati xodimlari (144 soat);
- O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Diniy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari (144 soat);
- O’zbekistondagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari (144 soat) uchun “Islomshunoslik” doimiy malaka oshirish o’quvlari tashkil etilmoqda.
Shunindek, o’tgan yillar mobaynida turli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan shartnoma asosida qisqa muddatli malaka oshirish o’quvlari tashkil etib kelinmoqda. Jumladan,
- Mudofaa vazirligi xodimlari (72 soat);
- Ichki ishlar vazirligi xodimlari (36 va 72 soat);
- DXX xodimlari (72 soat);
- Favqulotda vaziyatlar vazirligi xodimlari (72 soat);
- Iqtidorli imom-xatiblar (36 soat);
- Otinoyilar (36 soat);
- Rektor maslahatchilari (36 soat);
- Qaytaruv guruhlari vakillari (36 soat);
- Hududlardagi targ‘ibot guruhlari (36 soat);
- O‘zXIA boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlari (36 soat) uchun “Yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni oldini olishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”, “Aholi orasida radikallashuvning oldini olishdagi dolzarb masalalar”, “Xotin-qizlar orasida radikallashuvning oldini olishdagi ustuvor yo’nalishlar”, “Yoshlar radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar”, “Yoshlar muhitida radikalizm va ekstremizm profilaktikasi” kabi yo’nalishlarda malaka oshirish o’quvlari olib boriladi.
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi:
Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari xodimlari hamda professor-o’qituvchilari tomonidan o’tgan yillar mobaynida 2 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 8 ta monografiya, 10 dan ortiq risolalar, 7 ta diniy-ma’rifiy mazmunda ilmiy va ommabop kitoblar nashr etildi. 6 ta SCOPUS ro‘yxatidagi jurnallarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidan o‘tgan jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqola, Xorijiy ilmiy jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy maqola hamda Respublika va xalqaro konferensiyalari to‘plamlarida 200 ga yaqin tezislar nashr etilgan.
Shunindek, O‘zbekiston televideniyasi va uning mahalliy telekanallariga 50 dan ortiq interyu berildi. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda saytlarida 100 ga yaqin videodars va maqolalar e’lon qilindi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar:
Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari tomonidan Respublikamiz bo‘ylab mahalla va ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi 100 dan ortiq targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etib kelinmoqda. Shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Harbiy xizmatchilarning diniy mutaassib qarashlarga ega bo‘lgan mahalliy aholi yoxud ekstremistik tashkilot a’zolari ta’siriga tushib qolishini oldini olish”, “Vatanparvarlik”, “Islomda sog‘lom e’tiqod tushunchasi”, “O‘z joniga qasd qilish”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Islom dinining vujudga kelishi va ta’limoti”, “Terrorizm va ekstremizmning salbiy oqibatlari”, “Oilaga tayyorgarlik ko‘rishning diniy-psixologik xususiyatlari”, “Yashash huquqi – eng oliy ne’mat” nomli tadbirlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etildi.
Markaz tinglovchilarining dars mashg‘ulotlaridan so‘ng vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur rejaga muvofiq, Yangi O‘zbekiston bog‘i, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeylar, “Hazrati imom” majmuasi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan “Yunusxon”, “Shayx Xovandi Tohur”, “Qaldirg’ochbiy” maqbaralari, “Manbalar xazinasi” bo’limi hamda Respublika bo’ylab tashkil etilgan turli teatr va muzeylarga tashriflar uyushtirilib kelinmoqda. Shuningdek, Buxoro viloyatida joylashgan “Yetti pir majmualari” bo‘ylab ziyoratlar tashkil etildi.
Malaka oshirish markazi direktori: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent Tel: 71-244-51-45 Pochta: akhmedovkhusniddin7669@gmail.com |
Markaz direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: Isomiddinov Bilol Abduhalim o‘g‘li Tel: 71-244-51-45 Pochta:
|
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi nintaqaviy filial direktori: Abibullayev Amet Ong`arbayevich Telefon:+99893 4853939 Pochta: |
Samarqand viloyati mintaqaviy filial direktori: Ochilov Jamshid Abdurashidovich Telefon:+998975793010 Pochta: |
Surxondaryo viloyati mintaqaviy filial direktori: Xaydarov Odil Ergashevich Telefon:+998915823029 Pochta: hajdarovodil188@gmail.com |
Izoh qoldirish