Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4802 qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
Markazda islom olamida keng tarqalgan ikki yirik aqidaviy ta’limot: moturidiy va ash’ariyadan biri, Imom Moturidiy tomonidan asos solingan moturidiylik ta’limoti, uning ahamiyati, bugungi kundagi o‘rni, bebaho asarlari va qo‘lyozmalari o‘rganiladi.
Markazga O‘zbekiston va dunyoning moturidiyshunos olimlari, mutaxassislari jalb etilib, o‘z faoliyati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- aqida va kalom ilmi rivojiga hissa qo‘shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
- islom ilmlari, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
- islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijasi yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va OAV, xususan, Internet tarmog‘ida e’lon qilish.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish