323

Akademiya talabasining she’ri xalqaro to‘plamda chop etildi

Qadim madaniyat va sivilizatsiyaga ega O‘zbekiston hamda Misr o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ildizi olis asrlarga borib taqaladi. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. 

Shu munosabat bilan Misr Arab Respublikasida “O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” kitobining arab va ingliz tillaridagi tarjimasi chop etildi. Mazkur kitob O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi hamda Misr Yozuvchilari uyushmasi hamkorligida nashr etildi. Unda o‘zbekistonlik shoir-yozuvchilar, olimlar hamda yosh ijodkorlar tomonidan so‘nggi yillarda yurtimizdagi o‘zgarishlar, islohotlar qalamga olingan. 

Ijodiy asarlar tanlov asosida saralanib, eng munosib deb topilganlari Misr Yozuvchilari uyushmasi a’zosi, shoira va tarjimon Tag‘rid Fayod xonim tomonidan arab tiliga o‘girildi. Inglizcha tarjima esa “Inside Kashkadarya” jurnali muharriri Asror Allayorov tomonidan amalga oshirildi.

Ahamiyatlisi, mazkur kitobdan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sabina Xudoyqulovaning she’rlari ham o‘rin olgan. Quvonarlisi, Akademiya talabasi badiiy jihatdan yetuk, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan she’ri ijodiy ishlar tanlovida g‘olib deb topilib, mutasaddilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Sabina Xudoyqulovani mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Uning kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyat, ijodiy barkamollik tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish