Yangi O‘zbekistonda dinshunoslik tadqiqotlari: tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
Kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda dinshunoslik tadqiqotlari: tarix va zamonaviylik uyg‘unligi” mavzusida magistrant talabalar ilmiy seminari turkumining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan, yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy tafakkur va tarixiy meros uyg‘unligini ta’minlash, ilm-fan va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ustuvor vazifalar bilan hamohang tarzda tashkil etildi.
Seminar davomida Akademiyaning “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari o‘z magistrlik dissertatsiya mavzulari doirasida olib borayotgan ilmiy izlanishlari, erishilgan natijalar va tadqiqot istiqbollari yuzasidan ma’ruza qildilar. Taqdimotlarda dinlararo muloqot, diniy bag‘rikenglik, zamonaviy dinshunoslik metodologiyasi, diniy jarayonlarning ijtimoiy-siyosiy tahlili kabi dolzarb masalalar yoritildi.
Seminarda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etib, magistrantlarning ilmiy izlanishlariga baho berdilar hamda taklif va tavsiyalar bildirdilar. Ilmiy muhokamalar ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, yosh tadqiqotchilarning tanqidiy fikrlash, ilmiy asoslangan xulosa chiqarish hamda akademik nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Ilmiy seminarlar turkumi yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda Yangi O‘zbekiston sharoitida dinshunoslik tadqiqotlarini tarixiy meros va zamonaviylik uyg‘unligida rivojlantirishga qaratilgan muhim platforma sifatida faoliyat yuritadi.




Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish