402

Davra suhbatida huquqiy bilimlar mustahkamlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘quv mashg‘ulotlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 

Shu maqsadda bugun Akademiyada “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari faoliyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar Prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Aydusov tinglovchilarni soha faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, uchrashuvda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari, guruh murabbiylari hamda talabalar qatnashdi.

Davra suhbatida ma’ruzachi tomonidan sohaning maqsad-vazifalari, huquqiy asoslari, qabul qilingan qonun osti hujjatlar, Prokuratura tarixi, turli yillardagi faoliyati, asosiy yo‘nalishlari, prinsiplari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar kabi mavzuga doir ma’lumotlar atroflicha qamrab olindi.

Mazmunli va foydali axborotlarga boy tarzda o‘tgan uchrashuv davomida mavzu yuzasidan talabalar tomonidan berilgan savollarga sohaga mutaxassisi batafsil asoslantirilgan javoblar berdi. Tadbir yakunida Toshkent shahar Prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Aydusovga talaba-yoshlar hamda uchrashuv tashkilotchilari tomonidan minnatdorlik bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish