327

Akademiya talabasi nufuzli tanlov g‘olibasiga aylandi

“Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti – ICESCO” tomonidan yoshlar o‘rtasida arab tilidagi kreativ loyihalar tayyorlash bo‘yicha Bayon xalqaro tanlovi tashkil etildi.

Mazkur nufuzli tanlovda Malayziya, Singapur, Tailand, Nigeriya kabi davlatlarning ishtirokchilari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Zebuniso Rasulova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Zebuniso Rasulova o‘zining arab tilida tayyorlangan videoroligi bilan qatnashdi. 18-dekabr – Xalqaro arab tili kunida e’lon qilingan tanlov natijalariga ko‘ra, Zebuniso Rasulova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, ICESCО mukofoti bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Zebuniso Rasulovani mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaydi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish