404

Hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, islomshunos olima, professor Fariza Sham boshchiligidagi Islom sivilizatsiyasi instituti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari ishtirok etdi.

Onlayn platforma orqali o‘tkazilgan davra suhbatida Fariza Sham mazkur uchrashuvni tashkil etgani uchun O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga minnatdorlik bildirdi. Bir qator yo‘nalishlarda Akademiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarini ilgari surdi. Islom sivilizatsiyasi instituti va uning ilmiy salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalar, xalqaro hamkorlik aloqalari, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Moturidiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, shuningdek, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. 

Davronbek Maxsudov Malayziyada islom diniga bo‘lgan e’tibor, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yuqori baholab, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirdi.

Samimiy muloqot davomida ikki muassasa vakillari ishtirokida onlayn va oflayn ma’ruzalar o‘tkazishga kelishib olindi. Istiqboldagi rejalar belgilanib, hamkorlik memorandumini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. Hamkorlikda o‘zaro tashriflar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tadqiqot natijalarini nashr etish, seminar va konferensiyalar tashkillashtirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, islomshunos olima Fariza Sham xonim O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Bu har ikki ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish