373

Akademiya xodimlari 22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun aksiyasida ishtirok etishdi

22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun sifatida butun dunyoda e’tirof etiladi. Bu kunda dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko‘plab mamlakatlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

Yurtimizda ham davlatimiz rahbarining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har yili 22-sentabr “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilingan.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari shaxsiy namuna sifatida xizmat va shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechishdi. Kun davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib, #avtomobilsizbirkun xeshtegi ostida tadbirlarda ishtirok etishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish