514

Akademiyaga Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektor tayinlandi

TAYINLOV!

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi majlislar zalida Akademiya rahbariyati va jamoasi, diniy-ma’rifiy soha vakillari, ilmiy-tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalari rahbar hamda xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Jasur Najmiddinov qatnashdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining 2021-yil 11-dekabrdagi 214-K-sonli buyrug‘iga muvofiq, Maxsudov Davronbek Rustamovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimiga 2021-yil 11-dekabrdan tayinlanganligi o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovning Akademiya jamoasi hamda tayinlov sohibiga yo‘llagan tabrigi yetkazildi.

Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Tarjimalar bo‘limi boshlig‘i Abdulhodiy Yusupov, Akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ibrohim Usmonov, Malaka oshirish markazi direktori Husniddin Ahmedov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarovlar so‘zga chiqib, Davronbek Maxsudovni Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimiga tayinlangani bilan tabriklashdi. Davronbek Maxsudov mazkur lavozimga o‘zining yuksak bilim va mas’uliyati bilan yondashib, sidqidildan bajarishiga ishonch bildirishdi.

Bugungi kunga qadar Davronbek Maxsudov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. O‘zining mehnat faoliyatida ko‘plab samarali natijalarga erishgan D.Maxsudov 1999-2003-yillarda Toshkent islom universiteti (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi)ni tamomlagan. Turli yillarda qator davlat va jamoat tashkilotlarida samarali mehnat qilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni tashkiliy-kadrlar xizmati Millatlararo munosabatlar masalalari va din ishlari bo‘yicha sektori 2-toifali ish yurituvchisi, Toshkent islom universiteti (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi) ilmiy kotibi, Magistratura bo‘limi boshlig‘i, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish