513

Bosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlarining 2-bosqichi boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan viloyat, shahar-tuman Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Unda 116 nafar bosh imom-xatib ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quvlarning dastlabki kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi mas’ul xodimi Abror Muxtor Aliy tomonidan “Ijtimoiy-diniy masalalar: muammo va yechimlar”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomov tomonidan “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Matluba Qahhorova tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida ko‘tarilgan masalalar tahlili” mavzularida tinglovchilar bilan dars mashg‘ulotlari olib borildi. 

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish