Soha rahbarlari malaka oshirish o‘quvlari ishtirokchilari bilan uchrashdi
Shu yilning 29-noyabr kunidan 11-dekabrga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar vakillari hamda tuman/shahar bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va yechimlar” mavzusida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb etildi.
Shuningdek, rejaga muvofiq, imom-xatiblarning Toshkent shahridagi diqqatga sazovor joylar, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga tashrifi tashkil etildi.
Bugun, 11-dekabr kuni, diniy soha rahbarlari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida malaka oshirish o‘quvlarini tugatgan imom-xatiblar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda malaka oshirish o‘quvlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va erishilgan natijalar, shuningdek, faoliyatda doir muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, bugungi globallashuv davrida imom-xatiblarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘z hududlaridagi diniy vaziyatni barqarorligini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish hamda internet tarmog‘ida tarqatilayotgan turli ko‘rinishdagi yot g‘oyalarga qarshi kurashish har qachongidan muhim ekani soha rahbarlari tomonidan alohida ta’kidlandi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Axborot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish