486

Akademiya vakillari Dog‘istonda o‘tkazilgan kitob taqdimotida qatnashdi

Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasining muftiysi Shayx Ahmad Afandi tomonidan yozilgan  “Yaxshilar axloqi” (“Благонравие праведников”) nomli o‘zbek tilidagi kitobining onlayn tarzda taqdimoti o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasining Milliy siyosat va din ishlari bo‘yicha vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Dog‘iston hukumati vakillari, diniy-ma’rifiy tashkilot va oliy o‘quv yurtlari hamda ularda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Shuningdek, videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan taqdimotda O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha vakillari, ta’lim muassasalari jamoalari, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari qatnashdi.

Tadbirda so‘z olganlar ushbu kitob nafaqat soha mutaxassislari, balki keng jamoat uchun manfaatli bo‘lishini alohida ta’kidlashdi. Olimlarning kitob borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.

Dog‘iston tomonidan so‘zga chiqqan soha mutaxassislari Markaziy Osiyo, Rossiya Federatsiyasida sohada faoliyat yuritayotganlarning aksariyati O‘zbekistonda ta’lim olgani, ilmiy-tadqiqot olib borishganini alohida hurmat bilan tilga olishdi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abul Muin Nasafiy kabi allomalarning islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shganini e’tirof etishdi.

Yakunda “Yaxshilar axloqi” (“Благонравие праведников”) kitobini ommalashtirish, o‘quv muassasalar, tashkilotlarda foydalanish tavsiya etildi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish