Salim al-Malik: O‘zbekiston — eng tartibli a’zo davlatlar qatorida
Ayni paytda Qohira shahrida Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti ICESCOning XIV Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
60 dan ortiq davlat delegatsiyasi orasida O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ishtirok etmoqda.
Nufuzli tadbirda turli davlat delegatsiya a’zolarining tashkilot tomonidan belgilangan chora-tadbirlari, sohalarni yanada rivojlantirish borasidagi hisoboti hamda kelgusidagi reja va takliflari ko‘rib chiqildi. Unda ICESCO Bosh kotibi, doktor Salim al-Malik so‘zga chiqib, tashkilotga a’zo davlatlarning ishlarini tahlil qilar ekan, eng tartibli a’zo davlatlar qatorida O‘zbekiston Respublikasini ham e’tirof etib o‘tdi.
Bundan tashqari, ICESCO tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan mamnun ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish