544

Bosh imom-xatiblar uchun Shayx Alijon qori Haydarovdan mahorat darsi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman Bosh imom-xatiblari uchun 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Malaka oshirish o‘quvlari uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, o‘quvlarning 7-kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, Shayx Alijon qori Haydarov tomonidan “Qiroat ilmi” mavzusida dars mashg‘uloti olib borildi. Unda tinglovchilarga qiroat ilmi, uning lahjalari, turlari, darajalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, imom-xatiblarning ibodat va marosimlarda Qur’on qiroatiga e’tibor berishi lozim bo‘lgan o‘rinlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida bosh imom-xatiblar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va ilmiy asoslantirilgan javob olishdi. Mahorat dars tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish