Hududiy trenerlarning saylov jarayonidagi mehnati munosib taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan Prezident saylovini o‘tkazishda uchastka saylov komissiyalari uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslarida faol qatnashgan respublika trenerlari va monitoring guruhi a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan biriktirilgan katta o‘qituvchilar — Usmonxo‘ja Sodiqov, Mo‘minjon Xo‘jayev, O‘ktam Shakarov, O‘ktam Jiyanov hamda tayanch doktorant Boburmirzo Botirov ishtirok etdi.
Toshkent shahrining 147 nafar malakali treneriga Markaziy saylov komissiyasining faxriy yorlig‘i topshirildi. Tadbirda ishtirok etgan MSK Raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni milliy saylov qonunchiligimiz hamda umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan barcha trenerlar — oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish