443

“Qizlar davrasi” mavzusida ma’naviy tadbir

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Qizlar davrasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Chiniyeva, bo‘lim uslubchisi L.Saidova, o‘qituvchilar R.O‘rozova, G.Gʻulomova, M.Xodjayeva hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Shuningdek, ma’rifiy tadbir mehmonlari – Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi “Qizlar ovozi” maktabi asoschisi N.Kiyamova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-kurs talabasi A.Xushnazarova, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti 3-bosqich talabasi M.Mamirova, Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1-kurs magistranti D.Tursunova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 4-kurs talabasi Sh.Samatova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-kurs magistranti D.Azimova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 3-kurs talabasi M.Sunnatovalar qatnashdi.

Tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari o‘zlarining erishgan yutuqlari, tanlagan sohalari, oldilariga qo‘ygan ezgu maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar. 

Do‘stona o‘tgan uchrashuv davomida iste’dod sohibalari tomonidan she’r va g‘azal, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tadbir mehmonlaridan atroflicha javob olishdi. “Qizlar davrasi” mavzusidagi tadbir so‘ngida tashkilotchilarga minnatdorlik bildirildi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish