347

“Rektor kubogi”: g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi. Musobaqaning dastlabki qismida Akademiya fakultetlari talabalaridan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazilib, eng kuchli 4 ta jamoa keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Shundan so‘ng musobaqaning yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki bellashuvda “Mumtoz sharq filologiyasi” jamoasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalarini ishonchli hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda “Islomshunoslik” jamoasi “Magistratura” jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Musobaqaning hal qiluvchi final bellashuvi esa qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan finalda “Islomshunoslik” jamoasi 1-o‘rin va “Rektor kubogi”ni qo‘lga kiritdi. “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” jamoasi 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni “Mumtoz sharq filologiyasi” jamoasi qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish