931

22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni

Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda talabalar tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Mazkur o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish kabi jihatlar yanada shakllantirildi. 22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
 


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
14
Yoshlar bilan ishlash
Bir guruh talabalar taqdirlandi
13:32
Apr
27

Izoh qoldirish