336

Ijodkor talabalarning she’riyat kechasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ijodkor-talabalar ishtirokida she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chiniyeva, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Alisher Madrahimov hamda ijodkor-yoshlar qatnashdi.

She’riyat kechasida talabalar tomonidan Vatan, do‘stlik, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarga havola etildi.

Davlat bayrog‘i madh etilgan she’rlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mushoira tadbiri qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish