Yuksak taraqqiyotga millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta'minlash orqali yetish mumkin
16-NOYABR – XALQARO BAG‘RIKENGLIK KUNI
BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon mazkur sana butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari uchun umumiy uy hisoblanadi. Mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Chuqur o‘ylangan milliy va diniy siyosat tufayli O‘zbekiston bugun butun dunyo mamlakatlari uchun bag‘rikenglik namunalarini o‘zida mujassam etgan davlat sifatida namuna bo‘lmoqda. Yurtimizning bu ko‘p asrlik tajribasi o‘zbek millatiga xos bag‘rikenglik xususiyatlari Markaziy Osiyo va boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun andoza bo‘lib xizmat qilyapti.
2019-yildan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu sana O‘zbekistonda haftalik tarzida keng nishonlanadi. Bu yil ham ushbu an’ana davom etib, “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostida “Bag‘rikenglik haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida brifing, davra suhbatlari, konferensiyalar va boshqa madaniy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish