420

Seminar mavzulari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun seminar-trening darslari tashkil etilyapti.

Navbatdagi mahorat darsi “Me’moriy obidalar epigrafikasi” hamda “Diniy ramzlarning mazmun-mohiyati va talqin qilinishi” mavzulariga bag‘ishlandi.


Seminar mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, sharqshunos, manbashunos olim Komiljon Rahimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Elyor Alimqulovlar tomonidan o‘tkazildi. 

Seminarda yurtimiz va xorijdagi me’moriy obidalar, ularning uyg‘un va farqli jihatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, “ramz” tushunchasi va turlari, diniy ramzlarning kelib chiqishi va ularning rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Qadimiy e’tiqodlar va ulardagi ramzlarning tarixiy ildizlari, timsollarning ilk davrlardagi qo‘llanilishi, sodda belgilarning kelib chiqishi tarixi haqidagi ma’lumotlar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish