488

Akademiya o‘qituvchilari onlayn seminarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan “Going Global Partnership” (“Oliy ta’lim sohasida islohotlar”) dasturining bir qismi bo‘lgan “Change Academy” loyihasi doirasida 2021/2022-o‘quv yili uchun onlayn seminarlar tashkil etildi. 

Mazkur seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ibrohim Usmonov hamda “Chet tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. 

Onlayn trening maqsadi — respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati, salohiyatini oshirish va xalqaro aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish, pedagogik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, Britaniya universitetlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Shuningdek, qatnashchilarga “Change Academy” dasturining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirgan respublikaning ko‘plab oliy ta’lim muassasalari orasidan 12 ta OTM saralab olingan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish