Yoshlar kamolotida hamkorlik muhim
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyi xodim va o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan Akademiya rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Akademiyada tashkil etilgan tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov, litsey ustoz va murabbiylari, o‘quvchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuvni Akademiya rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yoshlarga oid davlat siyosatida ham tarixiy va olamshumul o‘zgarishlar bo‘layotgani, o‘g‘il-qizlarning bilim olishlari uchun yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
Xususan, yoshlarning ilm-ma’rifatli, tanlagan o‘z kasbining malakali mutaxassisi bo‘lib kamolga yetishlari uchun o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga ham davlat darajasida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi. Yoshlar esa bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Ona vatani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi lozimligi aytildi.
Bugungi globallashuv davrida har tomonlama zukko, milliy va asriy qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar, o‘z kasbining professional egasi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda ta’lim dargohlaridagi ustoz-murabbiylar bilan ota-onalar ham birgalikda harakat qilishi, hamkorlikda yoshlar kamoloti uchun kurashmog‘i zarur ekani ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, Akademik litsey direktori I.Usmonov, Akademiya o‘qituvchisi N.Turambetov, litsey mas’ullari tomonidan ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga oid yangiliklar borasida tinglovchilarga ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida Akademik litsey xodim va o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan Akademiya rahbariyati o‘rtasida jonli muloqot o‘tkazildi. Ishtirokchilarning sohaga oid savollariga mas’ullar javob berishdi. Tinglovchilar o‘z fikr-mulohazalari, takliflari hamda tashabbuslarini bildirishdi.
Samimiy o‘tgan uchrashuv yakunida Akademik litsey o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan birgalikda Akademiya bilan tanishuv sayohati tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish