Malaka oshirish tinglovchilariga sertifikat topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondon o‘rinbosarlari hamda harbiy qismlar muassasalari rahbar o‘rinbosarlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida ikki haftalik navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakuniga yetdi.
Joriy yilning 1-13-noyabr kunlari o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quvlarida jami 40 dan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etgan bo‘lib, ofitserlarning ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, yurtimiz tinchligini asrash, dinning tinchlikparvarlik, insonparvarlik kabi asl maqsadlarini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga tushuntirishda soha vakillarining faolligini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari interfaol pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarning darsdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga muvofiq, o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi”, Toshkent shahridagi “Suzuk ota”, “Hazrati imom” majmuasi, “Shayx Zayniddin” maqbaralariga sayohati amalga oshirildi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Malaka oshirish markazi rahbariyati ishtirokida bitiruv tadbiri o‘tkazilib, harbiy xizmatchilarga 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlarida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun sertifikat topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish