357

Akademiya talabasining kitobi taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bir kunlik sulton” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, mazkur kitob “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Soliha Muxamedova tomonidan arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 

Tadbirda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Taqdimotni kafedra mudiri Akbar Kazakbayev va kitob tarjimasiga rahbarlik qilgan kafedra katta o‘qituvchisi Bahodir Pirmuhammedov kirish so‘zi bilan ochib berishdi. So‘zga chiqqanlar mazkur kitobning ahamiyati, arab tili o‘rganuvchilari uchun foydali tomonlari haqida so‘z yuritishdi. 

 

Qo‘llanma arab tilini o‘rganuvchi o‘quvchi, talabalar, shuningdek, bu tilni mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ushbu kitob o‘quvchiga arab tilida ko‘p foydalanib, kundalik hayotda uchraydigan so‘zlar bilan tanishish, lug‘at boyligini oshirish hamda arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish ko‘nikmasini shakllantirishda yordam beradi. Asar qiyosiy tarjima usuli bilan tarjima qilingan. Bu esa kitobxonga matnni parallel o‘qish bilan bir vaqtda notanish so‘z va iboralar bilan tanishish imkonini beradi. Qo‘llanmaga misrlik bolalar yozuvchisi Yaqub Sharuniyning sof arab tilidagi ertagi manba sifatida tanlab olingan. 

Tadbirda tarjima jarayoni, tarjima davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklar hamda yutuqlar haqida tarjimon o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish