363

Akademiya doktoranti “Yangi O‘zbekiston ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Yurtimizda faoliyat olib boruvchi iqtidorli, ilmga chanqoq, fidoyi xotin-qizlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida intellektual bahslar, turli ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda. 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan harakatlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan III respublika “Yangi O‘zbekiston ilm yulduzlari”  intellektual ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Har ikki yilda bir marotaba yosh xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari hamda Fanlar Akademiyasida 22 yoshdan 30 yoshgacha gumanitar, tabiiy va aniq fanlar sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov tanishtiruv, ishtirokchilarni nazariy bilimi darajalarini baholash hamda yurtimiz haqida xorijiy tilda ma’lumot berish kabi shartlardan iborat bo‘ldi.

Quvonarlisi, mazkur musobaqada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda Falsafa fanlari doktori, professor Matluba Qahhorova rahbarligida 1-kurs tayanch doktoranti Go‘zal Sharipova muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Tomoshabin e’tiboriga sazovor ishtirokchi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Go‘zal Sharipovani mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Yosh olimaga uning kelgusidagi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish